Chiroqchi tumanida "Tomorqachilik ilmiy-amaliy markazi tomorqa xizmati" MCHJ faoliyat boshladi

11.02.2022

Chiroqchi tumanida "Tomorqachilik ilmiy-amaliy markazi tomorqa xizmati" MCHJ faoliyat boshladi. Ochilish marosimida vazir Nozim Xusanov ishtirok etdi.

➡️ Markazning asosiy vazifalari:
- ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish orqali aholiga tomorqa yer uchastkalaridan yiliga kamida 3 marta hosil olishga erishishga ko‘maklashish;
- tomorqachilik yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish;
- ko‘chatchilik, urug‘chilik va naslchilik, quyonchilik, parrandachilik, asalarichilikni rivojlantirish, tomchilatib sug‘orishni keng joriy qilish;
- tomorqa yer uchastkalarida baliq boqish uchun hovuzlar tashkil etish sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish hamda keditlar taqdim etish.