Chirchiq shahrida “Ayollar” daftariga kiritilgan xotin-qizlar bandligini ta’minlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

07.12.2020

Joriy yilning 8-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida “Jamiyatda ayollar va yoshlarning rolini oshirish, mavjud muammolarni aniqlash hamda bandligini ta’minlash chora-tadbirlari” muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.Qosimov, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining Birinchi o‘rinbosari E.Muxitdinov Chirchiq shahrida bo‘ldi.

Chirchiq shahrida mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida shahar shtabi va 44 ta MFY kesimida ishchi guruhlar tashkil etildi.

Ishchi guruh a’zolari tomonidan shaharda 31 yoshdan yuqori ayollar bilan suhbat o‘tkazilib, 33 327 nafar xotin-qizlarimizning ijtimoiy, huquqiy, ruhiy holatlari va ularning bilim va kasb o‘zlashtirishga bo‘lgan ishtiyoqlarini o‘rganish natijasida 1 652 nafar ishlash istagini bildirgan ayollar ro‘yxati shakllantirildi.

“Ayollar” daftariga kiritilgan xotin-qizlarimizdagi mavjud muammolarni ijobiy hal qilish maqsadida shahar hokimligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda, shuningdek, sektor hamda tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari qatnashdi.

Yig‘ilishda Chirchiq shahrida mavjud 44 ta mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Ayollar” daftariga kiritilgan ishsiz xotin-qizlar bandligini ta'minlash maqsadida tayinlangan inspektorlarga biriktirilgan yordamchi inspektorlarga vazifasini tasdiqlovchi guvohnomalar topshirildi.

“Ayollar” daftariga kiritilgan 1 652 nafar ishsiz ayollarni bandligini ta'minlash maqsadida:

- investitsiya loyihalarida yaratiladigan ish o‘rinlariga;

- korxona va tashkilotlarda mavjud bo‘sh va zahira (kvota) ish o‘rinlariga;

- ishsizlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun, ish beruvchilarga ishsizlarni malakasini oshirganligi va kvotadan ortiq ishga qabul qilganligi uchun subsidiyalar ajratish;

- haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etish;

- ishsizlik nafaqasini tayinlash;

- kasb turlari va tadbirkorlikka o‘qitish;

- shaxsiy tomorqalariga yengil konstruksiyali issiqxona o‘rnatish, sug‘orish vositalarini xarid qilish, urug‘ va ko‘chat olib berish uchun, hamda

- tikuvchilik va hunarmandchilik kooperativlariga subsidiyalar ajratish

kabi yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat olib borilishi uchun chuqur bilim ko‘nikmalar berildi. Yig‘ilishda Chirchiq shahri hududida faoliyat yuritayotgan ayol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash markazi, “Ilm Osiyo” va “Diyor fayz” nodavlat o‘quv markazlari rahbarlari tomonidan ayollar bandligini ta'minlash bo‘yicha fikrlari tinglandi.