Chirchiq poligonida davlat boshqaruv organlari mas’ullari ishtirokida yigʻin bo’lib o’tdi
Chirchiq poligonida davlat boshqaruv organlari mas’ullari ishtirokida yigʻin bo’lib o’tdi
Mudofaa vazirligiga qarashli Chirchiq umumqoʻshin poligonida davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar rahbarlari o‘rinbosarlari ishtirokida yig'in tashkil etildi.
Unda vazir o‘rinbosarlari, agentlik va inspeksiya, qo‘mita va boshqarma boshliqlari o‘rinbosarlari qoʻshinlar kundalik faoliyati bilan tanishgan holda, mamlakat mudofaasini tashkillashtirish doirasida yuklatilgan vazifalar bajarilishining samaradorligini oshirish uchun bevosita harbiy xizmat muhitida bo‘ldilar.
Shuningdek, yigʻin ishtirokchilari aloqa, taktik-tibbiy, harbiy sport hamda otish tayyorgarliklaridan oʻtib, oʻzlarining bilim va koʻnikmalarini yanada mustahkamlashdi.
Operativ safarbarlik, axloqiy-ruhiy, taktik tayyorgarliklardan oʻtish orqali zamonaviy armiyamizda olib borilayotgan islohotlardan atroflicha boxabar boʻlishdi.
Yig’inda davlat boshqaruv organlari vakillari jahon va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat boʻyicha tahliliy maʼlumotlar, Qurolli Kuchlarni rivojlantirishda harbiy-maʼmuriy sektorlarning faoliyati va roli bilan tanishishdi.