CHIMBOYDA TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

16.10.2020

Joriy yilning 16 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.Xusanov, Chimboy tumani hokimi P.Yeshanov, AKB Mikrokreditbank boshkaruvi raisining birinchi o‘rinbosari T.Atamurodovlar boshchiligida tumandagi tadbirkorlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda N.Xusanov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning joriy yilning 2 oktyabrdagi tashrifida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi, tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash maqsadidagi imtiyozlar, tuman reyting masalasini ko‘tarish borasida olib borilayotgan ishlar tug‘risida keng ko‘lamli tushuntirish ishlari olib borildi.
Uchrashuvda tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan muammolar va takliflari tinglanib tegishli tartibda yordamlar ko‘rsatildi. Masalan, hunarmandlar A.Turekeyev va K.Kurbanovalarning hunarmandchilik kooperativini tashkil etish buyicha bergan takliflari, “Honqali Karim Ota” fermer xo‘jaligi rahbari D.Karimov issiqxonani isitish tizimini o‘rnatish uchun Qishloq Qo‘rilish bank tomonidan 1,0 mlrd. so‘m miqdoridagi kreditni tez kun ichida yechib berish, “Chimboy VIK nonlari” MChJ rahbari S.Abdulakimov tomonidan non mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida uskunalar sotib olish uchun Mikrokredit bank tomonidan 80,0 mln. so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratishda amaliy yordam ko‘rsatish va boshqa da masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.