Chimboyda mehnat migrantlari oilalari holidan xabar olindi

08.02.2022

#Pilot_loyiha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan pilot loyiha doirasida xorijga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborilgan fuqarolar oila a’zolari holidan xabar olinib, ularning muammolari o‘rganilmoqda.

O‘rganish jarayonida mehnat migrantlari bilan videoaloqa o‘rnatilib, ularning yashash va ish joylarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishilmoqda.

Mehnat migrantlarining oilasida yoki xorijdagi ish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni belgilangan tartibda hal etish tartibi, imtiyoz va imkoniyatlar tushuntirilmoqda.

O‘rganish tadbirlari davom etmoqda.