“Chilonzor tumani Obodonlashtirish boshqarmasi ishchi xodimlariga bir necha oydan buyon oylik maoshlari to‘lanmaganligi” mazmunidagi xabar yuzasidan rasmiy munosabat

18.12.2021

Ijtimoiy tarmoq orqali “Chilonzor tumani Obodonlashtirish boshqarmasi ishchi xodimlariga bir necha oydan buyon oylik maoshlari to‘lanmaganligi” sarlavhasi ostida chiqarilgan xabar https://t.me/trolluz/9353bo‘yicha Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida, holat yuzasidan Chilonzor tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan xodimlarga bir necha oydan buyon oylik ish haqlari to‘lanmaganligi hamda xodimlarning ish haqidan ushlab qolinayotganligi ko‘rsatilgan Chilonzor tumani Obodonlashtirish boshqarmasi ishchi xodimlari bilan suhbat o‘tkazilganda haqiqatdan ham joriy yilning noyabr oyi ish haqidan qisman va dekabr oyi ish haqidan avans to‘lanmay qolganligi hamda mazkur ish haqlar 17.12.2021 yilda ish beruvchi tomonidan to‘liq to‘lab berilganligi aniqlandi.

Shuningdek, Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan ish beruvchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 154,161-moddasi talablari buzilganligi yuzasidan MJtKning 49-moddasi 1-qismi ko‘ra ma’muriy jarima jazo chorasi qo‘llanildi.