Chet el fuqarolari tasdiqnoma olmasdan o‘quvchilarga dars berayotganligi holatlari yuzasidan rasmiy munosabat
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomi talablariga rioya etilishi holatlarini o‘rganish bo‘yicha “Worldwide Study”, “Study First Akademy”, “Lumos Mind”, “Ziyo Ta’lim” “Hong Kong Education” o‘quv markazlarida o‘rganish o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishildi.
Mazkur o‘rganishlar davomida, chet el fuqarolari tasdiqnoma olmasdan o‘quvchilarga dars berayotganligi holatlari aniqlangan bo‘lib, mazkur holatlar yuzasidan vazirlik Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan qonunbuzilishlarni bartaraf etish bo‘yicha yozma ko‘rsatma kiritildi hamda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib javobgarlik masalasini ko‘rib chiqish uchun sud organlariga yuborildi.