Buxorolik tibbiyot xodimlari endi Germaniya tibbiyot muassasalarida ishlay oladi

16.03.2022

Buxoro viloyati Bandlik bosh boshqarmasi, Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi, Tashqi mehnat migratsiya agentligi hamda Germaniyaning “NoVo Agency” va “GP Care Solutions” tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan, buxorolik tajribali tibbiyot xodimlari endilikda Germaniya tibbiyot muassasalarida ishlashlari mumkin.

Germaniya Federativ Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan “NoVo Agency” kompaniyasi direktori Dr. Nofiza Vohidova va “GP Care Solutions” kompaniyasi direktori Frank Uve Shnayder Buxoroda mazkur masalani o‘rganish maqsadida Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida bo‘ldi, yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi.

➡️Batafsil https://uza.uz/oz/posts/buxorolik-tibbiyot-xodimlari-endi-germaniya-tibbiyot-muassasalarida-ishlay-oladi_355709