"Buxoro viloyati “Issiqlik manbai” DUK ishchilari nomidan oylik ish haqlari berilmaganligi" mazmunidagi xabar yuzasidan rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqda "Buxoro viloyati “Issiqlik manbai” DUK ishchilari nomidan oylik ish haqlari berilmaganligi" mazmunidagi chiqqan xabar yuzasidan Buxoro viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish davomida “Issiqlik manbai” DUK da 2021 yil 1-sentyabr holatiga 219 nafar xodim faoliyat yuritib kelishi hamda xodimlarning avgust oyi ish haqidan 192 820 959 so‘m miqdorida qarzdorlik mavjudligi aniqlangan.Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan korxonaga oylik ish haqidan bo‘lgan qarzdorlikni 2021 yil 1-oktyabrga qadar bartaraf etish bo‘yicha yozma ko‘rsatma berildi.
Shuningdek, aniqlangan qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yganligi sababli, Buxoro viloyati “Issiqlik manbai” DUK rahbariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.