“Buxoro viloyati hokimi dam olish kuni uch tumanda yig‘ilish o‘tkazdi” sarlavhali xabar yuzasidan rasmiy munosabat

09.02.2022

Ijtimoiy tarmoqdagi “Buxoro viloyati hokimi dam olish kuni uch tumanda yig‘ilish o‘tkazdi” sarlavhali xabar https://t.me/kunuzofficial/121070 yuzasidan Buxoro viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

Buxoro viloyati hokimi tomonidan 2022-yil 6-fevral kuni (yakshanba dam olish kunida) Buxoro, Vobkent, G‘ijduvon va Shofirkon tumanlarida uchrashuv o'tkazilganligi sababli mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilgani aniqlandi.

Qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik, dam olish kunlari ishga jalb etilgan xodimlarga ikki hissa miqdorida haq to‘lanishi yoki xodimning istagiga qarab boshqa dam olish kuni (otgul) berish bo‘yicha Buxoro viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan yozma ko‘rsatma va vazirlik Davlat mehnat inspeksiyasi rahbari tomonidan viloyat hokimi nomiga taqdimnoma kiritildi.