Buxoro viloyati Bandlik bosh boshqarmasi vakillari Rossiya Federatsiyasining bir qator shaharlarida bo‘ldi
12.02.2022
Safar davomida delegatsiya a’zolari hududdagi turli ish beruvchilar bilan muzokaralar olib bordi. Xususan, Krasnodar o‘lkasining «Многофункциональный миграционный центр» davlat korxonasi rahbari Ye.Demerjeva bilan uchrashib, o‘zbekistonlik fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga huquqiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish masalalari yuzasidan hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Shuningdek, “Союз узбеков” o‘zbeklar diasporasi jamoat tashkiloti rahbari K.Komilov bilan hududdagi o‘zbekistonlik migrantlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoya qilish masalalari to‘g‘risida suhbat olib borildi va doimiy hamkorlik qilishga kelishib olindi.