Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi mutasaddilari va xitoylik vakillar bilan uchrashuv
Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi mutasaddilari hamda Xitoyning “China Petrolium Engineering & Construction Corporation” (CPECC) korxonasi vakillari o’rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda “CPECC” korxonasining O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat olib borayotgan filiallari uchun ishchi xodimlarni monomarkaz bilan hamkorlikda “Elektrik”, “Payvandlovchi”,“Umumiy qurilish ishlari” va “Oshpaz”(Xitoy oshxonasi) yo‘nalishlarida malakali kadrlar tayyorlab berish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ushbu kasblar bo‘yicha monomarkazda tashkil etilgan amaliyot jarayonlari bevosita “CPECC” korxonasiga qarashli qurilish obyektlarida olib borilishi bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Shuningdek, o‘quv kurslarini tugatgan, o‘z kasbining ustasi bo‘lgan malakali kadrlar imtihon asosida ishga qabul qilinishi va yetarli darajada sharoit va oylik maosh bilan ta'minlanishi ham ko'zda tutilgan.