Buvayda tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazidagi holat yuzasidan rasmiy munosabat

23.10.2021

Ijtimoiy tarmoqda “Buvayda tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi ishchi-xodimlari majburiy ishlatilganligi” mazmunidagi xabar http://rost24.uz/uz/news/637 bo‘yicha Farg‘ona viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida Farg‘ona viloyati Buvayda tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi xodimlaridan holat yuzasidan tushuntirish xatlari olindi. Natijalarga ko’ra joriy yilning 14-may kuni markaz direktori tomonidan xodimlarning ishga majburiy jalb qilinganligi holati o‘z tasdig‘ini topmadi.

Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan markaz direktoriga xodimlarning ish haqlarini o‘z vaqtida to‘lashda Mehnat kodeksining 154,161-moddalari va ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb qilishda Mehnat kodeksining 157-moddasi talablariga rioya qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.