«Bugun.uz» muxbiri xabar beradi
20.09.2021
Sirdaryoda vodiylik paxta terimchilarining puli 7 kundan buyon berilmayotgani aytildi
Sirdaryo viloyatida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan paxta terimchilari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishish maqsadida press-tur tashkil etildi. Bu haqda «Bugun.uz» muxbiri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, press-turning ilk manzili Sayxunobod tumani «Qahramon-Zilola» fermer xo‘jaligi bo‘lgan. «Sirdaryo politex» klaster o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu tumanda 8 ming gektar maydonda paxta ekilgan. Terim yakunida fermer xo‘jaligi 27 ming tonna paxta topshirishi kerak.