Bugun vazirlikda

18.07.2022

Vazir Nozim Xusanov boshchiligida Mehnat organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning biznes-jarayonlarini reinjiniring qilish hamda murojaat qiluvchilar bilan individual ish olib borayotgan “Ernst&Young” xalqaro auditorlik kompaniyasining o‘rganish natijalari ko‘rib chiqildi.
Unda, “Ernst&Young” xalqaro auditorlik kompaniyasining Bandlik organlari mehnat samaradorligini oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalari birma-bir muhokama etildi.Xususan, ishsizlikni kamaytirish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, mahallabay ishlash asosida ishsiz kambag‘al aholi, ayniqsa xotin-qizlar, yoshlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligiga ko‘maklashish, ularning kasbiy malaka va ko‘nikmalar darajasini oshirish, mehnat huquqi va mehnat xavfsizligiga rioya qilishni kuchaytirish, xavfsiz, qonuniy va tashkillashtirilgan mehnat migrasiyasini rivojlantirish bo‘yicha vertikal boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalari ko‘rib chiqildi.