Bugun kunning birinchi yarmida O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov Ulsan shahrida "Hyundai Heavy Industries" kemasozlik kompaniyasi Prezidenti LI Sang Kyun bilan muzokara o'tkazdi.

30.11.2022

Bugun kunning birinchi yarmida O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov Ulsan shahrida "Hyundai Heavy Industries" kemasozlik kompaniyasi Prezidenti LI Sang Kyun bilan muzokara o'tkazdi. Unda ushbu kompaniyaga O‘zbekiston fuqarolarini qo‘shimcha ravishda ishga jalb qilish, mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Ma'lumot uchun: "Hyundai Heavy Industries" - 1972-yil mart oyida Ulsan shahrida tashkil etilgan bo'lib, dunyodagi eng yirik kemasozlik kompaniyasi hisoblanadi. 2014-yilda ushbu kompaniya tomonidan dunyodagi eng katta MV CSCL Globe nomli konteyner kemasi qurilgan. Ayni paytda "Hyundai Heavy Industries" da 27 mingga yaqin xodim mehnat faoliyatini amalga oshirib kelmoqda, shundan 200 nafarga yaqini O‘zbekiston fuqarolari.