Bugun "Ishga marhamat" monomarkazida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov xamda vazirlik mutasaddilari,

29.03.2022

Bugun "Ishga marhamat" monomarkazida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov xamda vazirlik mutasaddilari, Xalqaro mehnat tashkilotining direktori o‘rinbosari Xayns Koller boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda O‘zbekistonda tizimli bolalar mehnati hamda majburiy mehnat to‘liq bartaraf qilingani munosabati bilan ikkinchi bosqichda yanada muhim jarayon, ya’ni O‘zbekistonda munosib mehnat sharoitlarini yaratish, mehnat standartlari bilan bog‘liq barcha shart sharoitlarni XMTning konvensiyalarida belgilab qo‘yilgan normalarga moslashtirishga kelishildi. 
Shuningdek, mehmonlar Monomarkaz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “World Skills Uzbekistan-2022” Ishchi kasblari bo‘yicha Milliy chempionat jarayonlari bilan ham tanishtirildi