Bugun hokim yordamchilari uchun “Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajribasi” mavzusiga bag‘ishlangan onlayn seminarga start berildi.

21.08.2023
 
 
Bugun hokim yordamchilari uchun “Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajribasi” mavzusiga bag‘ishlangan onlayn seminarga start berildi.
 
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Xitoydagi kambag‘allikni qisqartirish xalqaro  markazi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolangan (https://t.me/mehnatvazirligi/13240) edi.



Unga ko‘ra, yurtimiz mahallalaridagi 9 yarim mingga yaqin hokim yordamchilari “Xitoy tajribasi asosida kambag‘allikni qisqartirish” mavzusida xitoylik mutaxassislardan onlayn ta’lim olishi ko’zda tutilgan.
 
 Ayni damda loyiha doirasida “ZOOM Meeting” videokonferensiya platformasi orqali hududlardagi hokim yordamchilari uchun “Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajribasi” mavzusida 5 kunlik onlayn seminar-trening boshlandi.  O‘quv darslar o‘zbek va rus tillarida sinxron tarjima orqali amalga oshirilmoqda. 

 
 Unda Xitoydagi kambag‘allikni qisqartirish xalqaro markazi direktori Lyu Junven moderatorlik qilmoqda. 
Shuningdek,  O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev, Xitoy Qishloq xo‘jaligi va qishloq ishlari vazirligining XKP (Xitoy Kommunistik Partiyasi) yetakchi guruhi a’zosi Sia Gengshyeng hamda  O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchisi Farhod Arziyev ishtirok etmoqda.

 
Asosiy maqsad, ishtirokchilarga Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish sohasida amalga oshirgan chora-tadbirlari, aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘llanilgan manzilli instrumentlari va kambag‘al aholi qatlamlari bilan individual tarzda ishlash mexanizmlari kabi tajribalarni o‘rgatishdan iborat.