Bugun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillaridan iborat ishchi guruh O‘zbekistonning Londondagi elchixonasida «Agri-HR» rekruting kompaniyasi rahbari Jan-Willem Naerebout bilan muzokara o‘tkazdi.
23.09.2022
Bugun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillaridan iborat ishchi guruh O‘zbekistonning Londondagi elchixonasida «Agri-HR» rekruting kompaniyasi rahbari Jan-Willem Naerebout bilan muzokara o‘tkazdi. Unda Mamlakatimizning ishchi kuchi salohiyati va mavjud imkoniyatlari to‘g‘risida maʼlumot berildi. Shuningdek, fuqarolarimizni tashkiliy tarzda qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat faoliyatiga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.