“BS global xususiy bandlik agentligi” MChJga berilgan lisenziya bekor qilindi

20.08.2020

“BS global” xususiy bandlik agentligiga O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun berilgan lisenziyaning amal qilishi bekor qilindi.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi «Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to‘g‘risida»gi Qonunining 24-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi «Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida»gi Qonunining 20-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabrdagi 725-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatni lisenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ning 49-bandiga muvofiq “BS global” xususiy bandlik agentligining lisenziyasini bekor qilinishi to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.