"BO‘SH ISH O‘RINLARI MEHNAT YARMARKASI"NING ILK KUNI BOSHLANDI

04.11.2020

Sirdaryo viloyatida Sardoba suv omborining buzilishidan talofat ko‘rgan aholini ish bilan ta’minlash maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan "Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi"ning ilk kuni boshlandi.

Ushbu yarmarka bugun Mirzaobod tumanining "Navbahor" mahallasida o‘tkazilmoqda. Bu yerda 74 ta turli korxona va tashkilotlar, xususiy tadbirkorlik sub’yektlari o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishmoqda.

Eslatib o‘tish joizki, Sirdaryo viloyatidagi "Mehnat yarmarkalari" 3 kun davom etadi, ya’ni 4-5-6 - noyabr kunlari.

Tez kunda batafsil, bizdan uzoqlashmang