BO'SH ISH O'RINLARI MEHNAT YARMARKASIGA MARHAMAT!

03.11.2020

Joriy yilning 4 noyabr kuni Sirdaryo viloyati Sardoba suv omborining toshqinidan talofat ko‘rgan Mirzaobod tumani “Navbahor” MFYda, 5 noyabr kuni Oqoltin tumani “Shodlik” MFYda, 6 noyabr kuni Sardoba tumani “Do‘stlik” MFYda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligining tashabbusi bilan “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etiladi.

Ushbu yarmarkada Mirzaobod hamda Oqoltin tumanlarida talofat ko‘rgan mahallalarida istiqomat qiluvchi mehnatga layoqatli ishsizlar, jumladan, yoshlar, xotin-qiz, mehnat migranti va bitiruvchilar ishtirok etishadi.
O‘tkaziladigan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmakasiga tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar o‘zlarining 1600 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashadi.

Xususan, Mirzaobod tumanida joylashgan tikuvchilik yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan “Axmatjon tekstil” MChJda 250 ta, “Gold Yarn textil” MChJda 100 ta va limonchilik yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan “Mirzaobod limonchilik klaster 22” MChJda 256 ta bo‘sh ish o‘rinlari, shuningdek, Oqoltin tumanidagi tikuvchilik yo‘nalishidagi “Oqoltin ulrta art mega tekistil” MChJda 100 ta, “Asatbek Avazbek hamkor” MChJda 100 ta, meva-sabzavotchilik yo‘nalishidagi “SUB DRY”MChJda 100 ta va Sardoba tumanidagi “Global”MChJda 50 ta, un mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘nalishidagi “Shaxzodbek Grop”MChJda 20 ta va limonariya yo‘nalishidagi “Max textil servis” MChJda 20 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashadi.

Tashkil etiladigan mehnat yarmarkasida ishtirok etadigan ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilib, ularning bandligini ta’minlash maqsadida, Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi tomonidan mini texnologiyalar, hunarmandlar tomonidan ko‘rgazmali asarlari hamda tijorat banklari tomonidan ishsizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalar bo‘yicha ko‘rgazmali materiallari bilan qatnashishadi.
Shu bilan bir qatorda Oqoltin tumanidagi “Oqoltin kasb-hunar maktabi” hududdagi kambag‘al va ishsiz fuqarolarni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish, shu asosida ularni doimiy daromad keltiradigan mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish orqali bandligini ta’minlash choralari ko‘riladi.

Bundan tashqari “O‘zbekbaliqsanoat” “O‘zto‘qimachiliksanoat” va “Parrandasanoat” uyushmalari fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida o‘zlarida mavjud jonli ko‘rgazmalar va yetishtirilgan mahsulotlar yarmarkasini tashkil etadi.

Tashqi mehnat migrasiyasi va Sirdaryo viloyati filiali xorijda ishlamoqchi bo‘lgan fukarolarning kasbiy va chet tillari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni xorijiy davlatlarning mehnat va migrasiya qonunchiligiga o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha ko‘rgazmali materallari bilan ishtirok etadi.

 

 

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Axborot xizmati
Tel 71 239-41-21 (276)