“BO‘SH ISH O‘RINLARI MEHNAT YARMARKASI”

28.10.2020

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida, tuman hokimligi va Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan band bo‘lmagan fuqarolarni ish bilan ta’minlash maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.

Mazkur mehnat yarmarkasida tumandagi 60 ga yaqin korxona, tashkilot va muassasalar o‘zlaridagi mavjud bo‘lgan 477 taga yaqin bo‘sh (vakant) hamda kvota ish o‘rinlari va ishlab chiqarilgan maxsulotlaridan na’munalar bilan qatnashdilar.

Yarmarkada 150 nafar ishsiz fuqarolar ishtirok etdi. Ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolardan 21 nafari ishga joylashishlari uchun tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi mas’ul xodimlari tomonidan iqtisodiyotning turli sohalariga yo‘llanmalar berildi. 82 nafar fuqaroga kasb-hunarga o‘qitish imkoniyatlari, jamoat ishlariga qatnashish ishlari to‘g‘risida ma’lumotlar va 35 nafar fuqaroga me’yoriy hujjatlar bo‘yicha tushuntirish hamda huquqiy maslahatlar berildi.