Bo’ka tumanida "xonadonbay" o‘rganish bo‘yicha seminar o'tkazilmoqda

12.07.2021

Ayni damda Bo’ka tumanida "xonadonbay" o‘rganish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tmoqda.

Seminar ishtirokchilariga mahallalarda uyma-uy yurib, aholi turmush darajasini o'rganish va baholash savolnomasi va uni o‘tkazish tartibi haqida tushuntirish berilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida keltirish lozimki, so'rovnomadan ko'zlangan maqsad Andijon viloyatida “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash tajribasini Toshkent viloyati Bo‘ka va Oqqo’rg’on tumanlari misolida tadbiq etishdir.