“Bog‘dod tumanidagi 39-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilarini majburiy mehnatga majburlanmoqdami” mazmunidagi xabar yuzasidan rasmiy munosabat

17.09.2021

Ijtimoiy tarmoq orqali “Bog‘dod tumanidagi 39-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilarini majburiy mehnatga majburlanmoqdami” sarlavhasi ostida chiqarilgan maqola  https://t.me/xalq_ovozi_01/14045 bo‘yicha Farg‘ona viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida, Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanidagi 39-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori hamda 32 nafar o‘qituvchilaridan holat yuzasidan tushuntirish xatlari olindi.

O‘rganish natijalariga asosan xodimlar darsdan tashqari vaqtda maktabni tozalash ishlarida o‘z xohishi bilan qatnashganligi va bu borada hech qanaqa tazyiq bo‘lmaganligi aniqlandi.

Yuqoridagilarga muvofiq, maqolada keltirilgan holatlar o‘z tasdig‘ini topmadi.