BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa va MDH Mintaqaviy byurosi direktori o‘rinbosari bilan «Ishga marhamat» Monomarkazida uchrashuv
Xalqaro_hamkorlik
Vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa hamda MDH Mintaqaviy byurosi direktori o‘rinbosari Marina Uolter bilan uchrashdi.
Unda qo‘shma hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonda yoshlar bandligiga ko‘maklashish” va “Farg‘ona vodiysida pandemiyadan keyingi iqtisodiyotga aholining ko‘nikmalarini moslashtirish” loyihalarining natijalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, mehmonlar uchun «Ishga Marhamat» Monomarkazi bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi hamda loyiha doirasida Yaponiya hukumatining moliyaviy ko‘magida tikuvchilik, dasturiy ta’minot va estetik kosmetologiya yo‘nalishlarini baholash xonalari uchun sotib olingan uskunalar taqdimoti o‘tkazildi.