BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda "O‘zbekistonda yoshlar bandligiga ko‘maklashish" loyihasi ishga tushiriladi

14.06.2019

14-iyun O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda BMT TD bandlik masalalari bo‘yicha xalqaro ekspert Vesna Dzuteska Bisheva, BMT TD barqaror rivojlanish bo‘limi dasturiy koordinatori Adxam Qo‘chqorov, loyiha menejeri Dilshod Rasulov hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Nodirbek Yakubov boshchiligidagi vazirlik xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida "O‘zbekistonda yoshlar bandligiga ko‘maklashish" loyihasini amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik istiqbollari va loyihadan kutilayotgan natijalar haqida fikr almashildi. Shuningdek, Vesna Bisheva tomonidan loyiha bo‘yicha taqdimot havola etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar loyihani ishga tushirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hamda o‘zaro ma'lumot almashishga kelishdilar.

2

3