Bitiruvchilar mehnat bozoriga tayyorlanmoqda

21.01.2020

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mas'ullari maktab bitiruvchilari bilan uchrashmoqda. Pirovardida, mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan yoshlarga mehnat bozori va mehnat munosabatlari haqida ma'lumotlar berilyapti.

Mehnat bozorining ayni holati, talab yuqori bo‘lgan kasblarni o‘rganish kabi masalalar yuzasidan ma'lumotlar berilmoqda.

Uchrashuv davomida “Ishga marhamat” Monomarkazi, Toshkent, Samarqand, Shahrisabzdagi ishsizlarni kasb-hunarga o‘qitish, Vazirlik tasarrufidagi kasb-hunarga o‘qitish, tumandagi kasb-hunar markazlari o‘quvchilarga tanishtirilmoqda.

Kasbga yo‘naltirish soatlarining navbatdagisi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo, Sirdaryo viloyatlarida tashkil etildi.

1111111111111111111111111111111111 

Suhbat davomida o‘quvchilar soha yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur masalalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi  bandligini ta'minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 14-iyuldagi qarori ijrosi yuzasidan 2019-yil 6-dekabrda  Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Xalq ta'limi vazirligining Qo‘shma qarori  imzolangan.

11111111111111111111111111111111111111