"Better Work" O‘zbekistondagi ilk natijalari bilan o‘rtoqlashdi

19.10.2023

"Better Work" O‘zbekistondagi ilk natijalari bilan o‘rtoqlashdi

 Uch tomonlama hamkorlar bilan birgalikda mamlakatimizning to‘qimachilik va yengil sanoat korxonalarida munosib mehnat tamoyillarini joriy etish, mazkur soha xodimlarining mehnat sharoitlari va huquqlarini ta’minlashga qaratilgan “Better Work” xalqaro dasturi tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan seminar tashkil etildi.

 Tadbirda dastur doirasida ishlab chiqilgan taqdimotlar va tavsiyalar ishchi guruhlarga taqdim etildi hamda hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

 Ma'lumot uchun:
«Better Work» dasturining asosiy maqsadi - tikuvchilik korxonalaridagi mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishchilarning mehnat huquqlarini ta’minlash, korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish va iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashish hisoblanadi.