BAYRAM SHUKUHI DAVOM ETMOQDA
Bugun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan "Qadring baland bo‘lsin, ona tilim" mavzuida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston xalq artistlari Munojat Yo‘lchiyeva va Mirza Azizovlar ishtirok etdilar. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hududiy bosh boshqarmalari, tuman abkmlari onlayn videokonferensiya aloqa orqali tadbirda faol qatnashdilar. O'zbekiston xalq artisti Mirza Azizov o'zbek tilining jozibasini nutqlari va she'rlari orqali tarif qilgan bo'lsa, Munojat Yo'lchiyeva o'zining mumtoz navolarini jonli ovozda kuylab tadbirga o'zgacha shukuh baxsh etdi. Tadbir "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati bilan hamkorlikda tashkil etildi.