"Bayram puli olmaganlar murojaati 7" sarlavhali xabar yuzasidan rasmiy munosabat

18.12.2021

Ijtimoiy tarmoqda “Sharg‘unko‘mir” AJ xodimlariga oylik ish haqlari berilmaganligi bayon qilingan xabar https://www.instagram.com/p/CXNkRXXoY0j/ bo‘yicha Surxondaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

Aniqlanishicha, 2021-yil 15-dekabr holatiga ko’ra “Sharg‘unko‘mir” AJ rahbariyati tomonidan xodimlarga 2,5 mlrd so‘m miqdorida oylik ish haqlari to‘lab berilmaganligi aniqlandi.

Yuqoridagilarga asosan, Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan “Sharg‘unko‘mir” AJ rahbariyatiga fuqarolarning to‘lanmay qolgan maoshlarini berish bo‘yicha yozma ko‘rsatma kiritildi hamda xodimlarning ish haqlarini o‘z vaqtida to‘lashda Mehnat kodeksining 154,161-moddalari talablariga rioya qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.