Barchasi xalqimiz uchun: Paxtaobod tumani aholisiga yaratilgan sharoitlar

03.04.2020

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan COVID-19 pandemiyasining mehnat bozori, mehnat munosabatlari va aholi bandligiga salbiy ta'sirini yumshatish, eng avvalo, tashqi chegaralar yopilishi munosabati bilan xorijga ishlash uchun keta olmagan fuqarolarning bandligiga ko‘maklashish, shuningdek, kambag‘allikni kamaytirish va oldini olish bo‘yicha respublikamizning barcha hududlarida kechiktirib bo‘lmas zaruriy choralar ko‘rilmoqda.

Mazkur choralarning amalga oshirish maqsadida, joriy yilning 1 aprel kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida bo‘ldi. Vazir tumandagi issiqxonalar bilan tanishib, tomorqa yer egalariga ajratilgan subsidiyalarning maqsadli sarflanishi yuzasidan tavsiyalar berdi.

photo_2020-04-03_10-35-07

photo_2020-04-03_10-35-09

✔️ Qayd etish lozim, karantin paytida band bo‘lmagan aholini ish bilan ta'minlash hamda kambag‘allikni kamaytirish yuzasidan olib borilayotgan tadbirlar, xususan aholining muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, doimiy daromad manbayiga ega bo‘lishlariga yordam berish maqsadida tumandagi 6 ta xonadonga 4.4 mln so‘mdan jami 27 mln so‘m, subsidiya ajratildi. Mazkur mablag‘lar hisobidan tumandagi daromadi yuqori bo‘lmagan oilalar shaxsiy yer tomorqalarida issiqxonalar tashkil etildi.