Bank xodimlarining dam olish kunlari ishga jalb qilinganligi bo'yicha rasmiy munosabat

07.04.2022

2022 yil 02 aprel kunidagi ijtimoiy tarmoq orqali “Markaziy bank viloyat Bosh boshqarmasi bugun (shanba - dam olish kuni!) barcha banklarni yig‘ilishga chaqirgan. Majlis viloyat hokimi o‘tkazishi ma’lum qilingan” mazmunidagi yo‘llagan murojaati yuzasidan o‘rganish o'tkazildi.

 

Toshkent viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan 2022 yil 02 aprel kunidagi ijtimoiy tarmoq orqali “Markaziy bank viloyat Bosh boshqarmasi bugun (shanba - dam olish kuni!) barcha banklarni yig‘ilishga chaqirgan. Majlis viloyat hokimi o‘tkazishi ma’lum qilingan” mazmunidagi yo‘llagan murojaati yuzasidan belgilangan tartibda o‘rganish o‘tkazildi.


O‘rganish davomida, Toshkent viloyatidagi barcha boshqaruv bank raislari hamda mazkur bank tuman filialari bilan olib borilgan suhbat davomida 2022 yil 02 aprel kunidagi ijtimoiy tarmoq orqali “Markaziy bank viloyat Bosh boshqarmasi bugun (shanba - dam olish kuni!) barcha banklarni yig‘ilishga chaqirgan. Majlis viloyat hokimi o‘tkazishi ma’lum qilingan” mazmunidagi yo‘llagan murojaat yuzasidan, Toshkent viloyati barcha boshqaruv bank raxbarlari hamda tuman (shahar) filial raxbarlari o‘z tushuntirish xatlarida, joriy yilning 2 aprel kuni Toshkent viloyati xokimligi va Markaziy bank raxbariyati tomonidan yig‘ilish o‘tkazilishi to‘g‘risida topshiriq bo‘lmaganligi hamda yuqoridagi ijtimoiy tarmoq orqali kelib tushgan murojaat haqida habarlari yo‘qligini bayon qildilar.
Shunga ko‘ra, 2022 yil 2 aprel kunidagi ijtimoiy tarmoq orqali berilgan mazkur murojaat o‘z tasdig‘ini topmaganligini shuningdek, barcha boshqaruv bank raislari hamda mazkur bank tuman (shahar) filial raxbarlari tomonidan hozirda xech qanday e’tirozlari yo‘qligini ma’lum qilishdi.