Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Mosud Mannan Mehnat vazirligiga tashrif buyurdi

23.10.2019

Ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilish maqsadida 23-oktabr Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Mosud Mannan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga tashrif buyurdi.

Bangladesh elchisi va elchi maslahatchisi Nripendra Chadra Debna bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov boshchiligidagi vazirlik mas'ullari uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar mehnat sohasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va bu borada istiqbolli loyihalarni amalga oshirish xususida fikr almashdi.

В 1

В 2

В 4

В 3