Bandlik xizmatlari faoliyatdagi yondashuvlar va mehnat bozorinig raqamli transformatsiyasi” mavzusida 2 kunlik trening bo‘lib o‘tmoqda.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikdagi “Farg‘ona vodiysida aholi ko‘nikmalarini pandemiyadan keyingi iqtisodiyotga moslashtirish” qo‘shma loyihasi doirasida “ Mehnat sohasi istiqboli: Bandlik xizmatlari faoliyatdagi yondashuvlar va mehnat bozorinig raqamli transformatsiyasi” mavzusida 2 kunlik trening bo‘lib o‘tmoqda.
Unda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mas’ullari, hududiy boshqarmalarning aholi bandligini ta’minlash, kasbga o'qitish va milliy malaka hamda hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'limi mutaxassislari ishtirok etmoqda.
Trening dasturiga ko'ra, aholi bandligini ta’minlash sohasida ishlab chiqilgan samarali strategiya, dastur va tashabbuslarni amalga oshirish, zamonaviy raqamlashtirish vositalarini jalb etish, xizmatlar sifatini baholash bo‘yicha salohiyatini mustahkamlsh, gender masalalarini mehnat jarayoniga integratsiyalash, shuningdek, bandlik sohasida davlat xizmatlarni to'g'ri ko'rsatishga yordam berish masalalari muhokama qilinmoqda.