Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida YuNESKO tashkiloti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
13.09.2021
Unda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi direktori Murodullo Xolmuxamedov hamda xalqaro ekspertlar Jan Mark hamda Mariko Fudjisava ishtirok etdi.
Tomonlar "O‘zbekistonning qishloq hududlarida ish bilan ta’minlash uchun ko‘nikmalarni rivojlantirish” loyihasini joriy qilish borasida fikr almashishdi.
➡️ Loyiha O'zbekistonda barqaror, ko'p tarmoqli va modernizatsiya qilingan qishloq xo'jaligida ayollar va erkaklar uchun tegishli ko'nikmalarni rivojlantirishni qo'llab -quvvatlashga qaratilgan.