BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGIDA XODIMLAR UCHUN TIL KURSLARI TASHKIL ETILDI

15.10.2020

Haftada 2 marotaba, chorshanba va shanba kunlari tashkil etilayotgan darslarda vazirlik hodimlaridan 30 nafari 2 guruhga bo‘linib, ingliz tilidan saboq ola boshladi. Darslarni Vazirlik qoshidagi Mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish Respublika kurslarining mutahassislari olib borishmoqda. Rus tili bo‘yicha ham ana shunday o‘quv kurslarini tashkil etish rejalashtirilgan.