Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida xalqaro uchrashuv bo‘lib o‘tdi

27.05.2021

Unda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov, vazir o‘rinbosari Bahodir Umurzakov, vazirlik ekspertlari hamda Shvetsiya davlatining O‘zbekistondagi elchisi Ingrid Tersman ishtirok etdi.

Tadbirda vazirlik tomonidan aholi bandligiga ko‘maklashish, ishsizlarni kasb-hunarga o‘qitish, vazirlik huzuridagi monomarkazlar faoliyati va mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda sohada mavjud muammolar muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuv davomida elchi I.Tersman Shvetsiyadagi mehnat munosabatlariga oid jarayonlarga to‘xtalib, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan Stokgolmda elchixona ochilishi rejalashtirganligi ikki davlat o'rtasidagi do'stona aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.