BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGIDA RONNI XAYNE BILAN UChRASHUV O‘TKAZILDI

03.11.2020

Joriy yilning 3 noyabr kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Germaniyaning Konrad Adenauer jamg‘armasining O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston bo‘yicha hududiy vakolatxonasining O‘zbekiston bo‘yicha vakili Ronni Xayne bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda vazirlik va Germaniyaning Konrad Adenauer jamg‘armasi bilan 2021 yilda o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.


Shu o‘rinda qayd etish joizki, Konrad Adenauer jamg‘armasining asosiy maqsadi mustahkam hamkorlik orqali har bir mamlakatni erkin va mustaqil rivojlanishiga ko‘maklashishdan iboratdir. Mustaqillikning o‘tgan yillarida O‘zbekiston bilan Konrad Adenauer jamg‘armasi o‘rtasida o‘zaro ishonch va yaqin hamkorlik aloqalari shakllandi va izchil rivojlanib bormoqda.