Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida 8 mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni”ga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

05.03.2021

Yurtimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va mavqeini mustahkamlash borasida davlat ahamiyatiga molik tarixiy ishlar amalga oshirilmoqda. Zero, jamiyatda siyosiy, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi va taraqqiyoti ayollarga bo‘lgan munosabat va e’tibor bilan bog‘liq.

  Bugun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida “Ayolga ehtirom” mavzusida 8 mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni”ga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

  Tadbir tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan fidoyi xotin-qizlarga bag‘ishlangan videorolik bilan boshlandi. Shundan so‘ng, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.Xusanov markaziy apparatda, tasarrufiy tashkilotlar va hududiy viloyat, tuman va shahar boshqarmalarida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha xotin-qizlarni ayollar bayrami bilan tabrikladi.

  Tadbirda O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi dosenti Zamira Suyunova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri aktyori Turg‘un Beknazarov, xonandalar Shuhrat Daryo, Vohidjon Isoqov va Mustafolarning ishtiroki va ularning dilbar kuy qo‘shiqlari yanada fayz kiritdi.

Bugungi bayram Bandlik va mehnat munosabatlari vaziriligi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan fidoyi ayollarga yil davomida o‘ziga xos shijoat, mehr-muhabbat va faollik baxsh etib turishiga zamin bo‘ldi.