Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi vakillari Davlat mehnat inspeksiyasi delegatsiyasi VI Butunrossiya davlat mehnat inspektorlari xalqaro forumida ishtirok etmoqda

13.10.2021

Forumning ochilish marosimida vazirning birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov ishtirokchilarni qutlab, O‘zbekiston Respublikasida Davlat mehnat inspeksiyasi sohasida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot taqdim etdi.

Shuningdek, mazkur Forum doirasida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan Rossiya Federatsiyasining Mehnat va bandlik bo‘yicha Federal xizmati o‘rtasida hamkorlik Bayonnomasini amalga oshirish bo‘yicha Qo‘shma chora-tadbirlar rejasi imzolandi.

Mazkur chora-tadbirlar rejasi doirasida aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari hamda mehnat inspeksiyasi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarni raqamlashtirish bo‘yicha bir qator ishlarni amalga oshirish masalalari belgilangan.

Ikki tomon davlat inspeksiyasi sohasida hamkorlikni yanada faollashtirish va ushbu yo‘nalishda malaka hamda tajriba almashish maqsadida mutaxassislarning ikkitomonlama uchrashuvlarini tashkil qilish borasida kelishuvga erishdilar. Takidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat inspektorlari mazkur forum doirasida ilk bor ishtirok etishmoqda.