Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Yapon tili va kasbiy malaka test markazi vakillaridan iborat ishchi guruh Yaponiyaning Nagoya shahrida bo‘lib turishibdi.

22.08.2022

Ayni damda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Yapon tili va kasbiy malaka test markazi vakillaridan iborat ishchi guruh Yaponiyaning Nagoya shahrida bo‘lib turishibdi.


Rejaga ko'ra Yaponiya Kooperativlar uyushmasi JIC rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda 2025-yilgacha 5 ming nafar o'zbekistonlik migrantlarni Yaponiyada ishga joylashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.


Jumladan, bosqichma-bosqich nomzodlarni kasb-hunarga o‘qitish va ularni tanlab olish tartibi haqida muzokara qilishdi. Shuningdek, erishilgan kelishuv asosida Nagoya shahrida mehnat migrantlarimizga ko‘maklashish markazini ochish bo‘yicha tashkiliy masalalar kun tartibidan o‘rin oldi.