Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mas’ul xodimlari otaliqqa olingan maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi
2019 yilning 23 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektorda vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan umumta’lim maktablarini otaliqqa olishi to‘g‘risida topshiriq berilgan edi. Mazkur vazifa ijrosi yuzasidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mas’ul xodimlari Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 34-o‘rta umumta’lim maktabi o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazishdi.
Uchrashuv davomida yoshlarga mehnat bozori, mehnat munosabatlari, kasb-hunarga o‘qitish tizimi, tashkil etilayotgan monomarkazlar hamda bandlik sohasiga oid boshqa yangiliklar haqida ma’lumot, shuningdek, mehnat qonunchiligiga doir foydali va huquqiy maslahatlar berildi.
Suhbat davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.