Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparatidagi vakant lavozimlarga tanlov qilindi

16.02.2021

#e’lon

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda vazirlikning markaziy apparatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi:

- Xalqaro hamkorlik va XMT bilan hamkorlik qilish boshqarmasi boshlig‘i;

- Xalqaro hamkorlik va XMT bilan hamkorlik qilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;

-Mehnat bozori va mehnat migratsiyasi tahlili Yig‘ma axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalidan (http://vacancy.argos.uz/) ro‘yxatdan o‘tishlari, so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari lozim.

Hujjatlar qabul qilish 2021 yil 18 fevraldan 28 fevralgacha davom etadi.

Ariza va hujjatlarni qabul qilish muddati o‘tganidan so‘ng yuborilgan ariza va hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.

E’tibor bering!

Tanlovda ishtirok etayotgan nomzod bir vaqtning o‘zida ko‘pi bilan ikkita bo‘sh ish o‘rni uchun ariza bilan murojaat etish imkoniga ega.

 

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Markaziy apparatida mavjud bo‘lgan boshqaruv tizimidagi vakant lavozimlar va ularga qo‘yilgan minimal talablar

Vakant lavozim

Nomzodga qo‘yilgan talablar

Oylik maoshi

Xalqaro hamkorlik va XMT bilan hamkorlik qilish boshqarmasi boshlig‘i

 

Ø    iqtisodiy yoki yuridik yoki xalqaro munosabatlar yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega bo‘lgan; (xorijiy va xalqaro oliy o‘quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlar qo‘llab-quvvatlanadi);

Ø    Davlat organlari va tizim tashkilotlarida kamida 3 yil ish stajiga ega hamda xalqaro loyihalar bilan ishlashda tajribaga ega bo‘lgan;

Ø     O‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal bilish kerak. Ingliz tili uchun - milliy sertifikat yoki  IELTS 6,0, TOEFL IBT 72, Cambridge Assessment English FCE xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha til bilish darajalari B2 va undan yuqori bo‘lishi shart;

Ø     Kompyuter savodxonligi, jumladan Microsoft Word, Exel va Power Point dasturlarini bilishi;

Ø    Diplomatik etiket, xalqaro uchrashuvlar, suhbat va muzokaralar olib borish va tantanali tadbirlar o‘tkazish, protokol  yuritish;

Ø    O‘z fikr-mulohazalarini hamda takliflarini taqdim qila olish qobiliyati.

Shtat jadvali asosida, (ustamalar bor)

Xalqaro hamkorlik va XMT bilan hamkorlik qilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

Ø    iqtisodiy yoki yuridik yoki xalqaro munosabatlar yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega bo‘lgan; (xorijiy va xalqaro oliy o‘quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlar qo‘llab-quvvatlanadi);

Ø    Davlat organlari va tizim tashkilotlarida kamida 2 yil ish stajiga ega hamda xalqaro loyihalar bilan ishlashda tajribaga ega bo‘lgan;

Ø     O‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal bilish kerak. Ingliz tili uchun - milliy sertifikat yoki  IELTS 6,0, TOEFL IBT 72, Cambridge Assessment English FCE xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha til bilish darajalari B2 va undan yuqori bo‘lishi shart;

Ø     Kompyuter savodxonligi, jumladan Microsoft Word, Exel va Power Point dasturlarini bilishi;

Ø    Diplomatik etiket, xalqaro uchrashuvlar, suhbat va muzokaralar olib borish va tantanali tadbirlar o‘tkazish, protokol  yuritish.

Ø    O‘z fikr-mulohazalarini hamda takliflarini taqdim qila olish qobiliyati.

Shtat jadvali asosida, (ustamalar bor)

Mehnat bozori va mehnat migratsiyasi tahlili Yig‘ma axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi

Ø    Oliy iqtisodiy yoki huquqiy ma’lumotga ega

Ø    Davlat organlari va tizim tashkilotlarida kamida 2 yil ish stajiga ega bo‘lgan.

Ø    Mehnat sohasi bo‘yicha yangiliklar amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishi kerak.

Ø    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yuqori darajada biladigan, jumladan Microsoft Word, Exel va Power Point dasturlarini mukammal bilishi;

Ø    O‘zbek, rus va ingliz tilidagi hujjatlar bilan ish yurita oladigan, ushbu tillarda suhbatlashish va yozish tajribasiga ega bo‘lgan shaxslar.

Ø    Mehnatsevarlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish.

Shtat jadvali asosida, (ustamalar bor)