Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Isroil davlatining O'zbekistondagi elchixonasi o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi
O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Isroil davlatining O'zbekistondagi elchixonasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov, vazirning birinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinov hamda Isroil davlatining O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Zexavit Ben Hillel, bosh konsul Idan David ishtirok etdi.
Tadbirda O'zbekiston mehnat bozoridagi mavjud vaziyat, tashqi mehnat migratsiyasi sohasida qilinayotgan ishlar, migrantlar uchun kasb-hunar ta'limi va o'qitish sohasida O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, Isroil davlatidagi migratsiya holati, shu bilan birga, «O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Isroil Davlati Hukumati o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan va Isroil Davlati hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan mehnatkash-migrantlarni tashkiliy asosda jalb qilish, ishga joylashtirish va ularning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Bitim imzolash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuv davomida kelgusida ham mehnat migratsiyasi sohasida yanada samarali hamkorlik qilish xususida so‘z bordi.