Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Halqaro ijtimoiy ta'minot assotsiatsiyasining “Nol jarohatlanish” Konsepsiyasiga qo‘shildi (ISSA)

28.04.2020

Хalqaro Ijtimoiy ta'minoti assotsiatsiyasi (ISSA) tomonidan elektron konsultatsiya jarayoni orqali 2020-yil 13-martdan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligini ISSAning assotsiatsiyalashgan a'zoligini ma'qulladi.

Mehnat vazirligi a'zo bo‘lgan kundan boshlab Хalqaro Ijtimoiy ta'minoti uyushmasi (ISSA) Malaka oshirish markazi tomonidan ijtimoiy ta'minot boshqaruvi sohasiga oid taklif qilinadigan barcha konferensiyalar, nashrlar va xizmatlarni, shu jumladan koronavirus inqirozining ijtimoiy-iqtisodiy ta'sirini yumshatish bo‘yicha milliy chora-tabdirlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ISSAning elektron internet-manbalaridan foydalanish huquqiga ega.

Mehnat vazirligining Хаlqaro Ijtimoiy ta'minoti assotsiatsiyasiga (ISSA) a'zo bo‘lishining asosiy maqsadi “Nol jarohatlanish” (Vision zero) Konsepsiyasiga qo‘shilishdir.

Хalqaro Ijtimoiy ta'minot assotsiatsiyasiga (ISSA) a'zolikning asosiy afzalliklari:

  • ijtimoiy himoya, ijtimoiy ta'minot masalalari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislari bilan hamkorlikda faoliyat yuritish;
  • ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa va kasb kasalliklarni oldini olish borasida innovatsion yechimiga ega bo‘lish;
  • ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta'minotni boshqarishning хalqaro tan olingan standartlari bilan ishlash imkoniga ega bo‘lish;
  • milliy ehtiyojlardan kelib chiqib ushbu sohada faoliyatni tashkil qilish, mavjud masalalarini yechimini topish borasida хalqaro jamiyatda tashkilotning ko‘magiga ega bo‘lish;
  • ilg‘or tajriba va хalqaro boshqaruvlar bilan ishlash imkoniga ega bo‘lish;
  • ushbu sohada xodimlarning bilimi va nufuzini oshishiga imkoniyat yaratishdan iborat.

“Nol jarohatlanish” (Vision zero) Konsepsiyasi – bu nima?

Vision zero kampaniyasining falsafasasi shundan iboratki, ishlab chiqarish bilan bog‘liq har qanday jarohatlanish va kasb kasalliklarni oldini olish mumkin, shikastlanishlar va kasalliklarning oldini olishga yangicha yondashuv, ishlab chiqarishda xodimlarning xavfsizligi, sog‘lig‘i va farovonligining ajralmas qismi sifatida profilaktika madaniyatini shakllantirish.

Vision zero kampaniyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Vision zero kampaniyani qo‘llab-quvvatlash uchun global strategiya, platforma va manbalarini ta'minlash;

yagona kampapiya orqali profilaktika chora-tadbirlarini tadbiq etayotgan tashkilotlarning dunyo miqyosida hamkorligini rivojlantirishga ko‘maklashish;

qo‘llab-quvvatlash uchun global strategiyasini, platformasini va manbalarini ta'minlash.

 

“Nol jarohatlanish” (Vision zero) Konsepsiyasiga qo‘shilish nega muhim?

Butun dunyoda har yili 2.78 million oqibati o‘lim bilan tugagan ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar sodir bo‘lmoqda, ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklardan iqtisodiy yo‘qotishlar YaIM 4% - 6% tashkil qilmoqda, butun dunyoda 360 000 oilalarda 1 nafar oila a'zolarini yo‘qotgan.

Vision zero yondashuvi moslashuvchanligi bilan ajralib turadi va sog‘lig‘i, yoki xavfsizligi, yoki xodimlarning farovonligi ustuvor vazifalarini hal etishga imkon beradi. Ushbu moslashuvchanlik tufayli Vision zero konsepsiyasini hamma joyda, davlat darajasida har qanday mamlakatda va har qanday kompaniyada mehnatni muhofaza qilishni tashkil qilishda foydalanish mumkin.

“yetti oltin qoida” - muvaffaqiyatli va amaliy boshqarish konsepsiyalariga asoslangan nol jarohatlanishga erishish yo‘l xaritasini yaratadi.

Vision zeroning yetti oltin qoidalari:

  1. Yetakchi bo‘lish – tamoyillarga sodiqlikni namoyish qilish;
  2. Tahdidlarni aniqlash - xavf-xatarlarni nazorat qilish;
  3. Maqsadlarni belgilan – dasturlar ishlab chiqish;
  4. Mehnat xavfsizligi va gigiyena tizimini tashkil qilish – tashkil qilishning yuqori darajalariga yetish;
  5. Ish joylarda asbob va uskunalar bilan ishlashda mehnat xavfsizligi va gigiyenasini ta'minlash;
  6. Malaka oshirish – kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish;
  7. Xodimlarga sarmoya kiritish – ishtirok etish orqali motivatsiya qilish.