Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov tadbirkorlar bilan uchrashuv o'tkazdi

02.03.2021

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari E.Muxitdinovning Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanidagi tadbirkorlar bilan uchrashuvi davom etmoqda.

Dastlab, “Beruniy MFY”da joylashgan “New miss wise” MChJ tikuvchilik korxonasining ish faoliyati o‘rganildi. Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, hozirda korxonada 50 nafar fuqarolar bandligi ta’minlangan.

Bundan tashqari, turk investorlari tomonidan tashkil etilgan issiqxonada amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishildi. Shu bilan bir qatorda, E.Muxitdinov “Agro Anatolia” MChJ qo‘shma korxonasi rahbari E.Tunser va S.Jamil bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosildorligini oshirish uchun sun’iy changlantirish texnologiyasi(bambus arilari)ni ko‘paytirishni yo‘lga qo‘yish hamda Turkiya davlatidan tajribali mutaxassilarni mahalliy fuqarolar malakasini oshirish va o‘qitish uchun jalb etish masalalari xususida suhbat olib bordi.

Keyingi manzil esa “Beruniy MFY”dagi kasb-hunarga o‘qitish markazi bo'lib, u yerda tashkil etilayotgan “IT park”dagi amaliy ishlar ham ko‘zdan kechirildi.