Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari E.Muxitdinov Quyichirchiq tumanidagi bir qator ishlarni ko'zdan kechirdi

01.03.2021

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari E.Muxitdinov Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanidagi bir qator ishlar bilan tanishdi.

Dastlab, tumandagi 1-son kasb-hunar maktabida yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirilib, u yerda bo‘sh turgan o‘quv ustaxonalariga tadbirkorlarni hamkorlikka jalb qilish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Shu bilan bir qatorda, “Baliqchi MFY”da joylashgan 2-sonli kasb-hunar maktabida ham tadbirkorlar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning muammo va takliflari o‘rganildi.