Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari E.Muxitdinov boshchiligida Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi hamda tuman ABKM xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Bugun Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi hamda tuman ABKM xodimlari ishtirokida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov joriy yilning 12-dekabr sanasida Toshkent shahar Mirobod tumaniga qilgan tashrifida berilgan topshiriqlarning ijrosiga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda yo‘nalishlar kesimida Toshkent shahrida Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan olib borilayotgan ishlarga vazirning birinchi o‘rinbosari tomonidan tanqidiy baho berildi. Har bir tuman bo‘yicha ishga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha manzilli va natijadorlikka erishish maqsadida ishchi guruhlar shakllantirildi va Mirzo Ulug‘bek, Yakkasaroy tumanlarida ishlar tashkil etildi.
Kelgusida Toshkent shahrining qolgan barcha tumanlarida shunday ishlar davom etilishi kerak ekanligi ta’kidlab o‘tildi. Kun tartibiga qo‘yilgan vazifalar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.