Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

12.04.2019

2019-yilning 12-aprel kuni Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Muloqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad – Vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonon loyihasi hamda elektron mehnat shartnomasi va elektron mehnat daftariga o‘tish tizimlari yuzasidan soha vakillari bilan fikr almashish hamda shu orqali mazkur loyihalarni yanada takomillashtirishga turtki beruvchi taklif va tavsiyalar olishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida ushbu loyixalarning taqdimoti o‘tkazilib, elektron mehnat shartnomasi va elektron mehnat daftariga o‘tish tizimlarining ishlash mexanizmi amaliyotda ko‘rsatildi. Taqdimotdan so‘ng Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri muloqotga yig‘ilganlarning loyihalar bo‘yicha savollariga tegishli va atroflicha javob berdi. Uchrashuv yakunida Vazirlikning @mehnatvazirligi Telegram kanaliga joylashtirilgan loyihalar bilan batafsil tanishib, asosli takliflarni Vazirlikning inbox@mehnat.uz elektron manziligi yuborish mumkinligi ta'kidlab o‘tildi.

Vazirlik tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur chora-tadbirlar mehnat sohasidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, fuqarolarning mehnat munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqish va shu orqali mehnat huquqlarini to‘liq kafolatlash prinsipiga qaratilgan.

IMG_0670

IMG_0796

IMG_0792

IMG_0790

IMG_0787

IMG_0779

IMG_0772

IMG_0758

IMG_0757

IMG_0753

IMG_0716

IMG_0737

IMG_0734

IMG_0728

IMG_0711

IMG_0698

IMG_0712

IMG_0659